Prezident “balo” deb atagan “Tax Gap” rasman bekor qilindi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2023 15325 1 daqiqa
Qo‘shimcha qiymat solig‘ini qoplash (qaytarish)da soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti (Tax gap) taqiqlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, QQS bo‘yicha guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi ham bekor qilindi.
Endilikda amalga oshirilayotgan bitimlar (opersiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lgan holatlarda QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatib turilishi mumkin.
Shuningdek, foyda solig‘idan har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘laydigan tadbirkorlik sub’ektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mga oshirildi.
Kameral soliq tekshiruvida:
- soliq to‘lovchining hududiga kirish, uning hududini va binoalrini ko‘zdan kechirish, undan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish, uning hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish taqiqlandi.
- QQSni qoplash (qaytarish)da o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvi bundan mustasno.
Akobir Sayidov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025