Prezident IIO xodimlari va faxriylarni tabrikladi

Jamiyat

−

image

Prezident Şavkat Mirziyoyev 25 oktyabr – Içki işlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi bilan çin qalbimdan tabriklayman.

Uşbu qutluğ kunda xalqimiz osoyiştaligini ta’minlaş, fuqarolarimizning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yölidagi sadoqatli xizmatingiz uçun barçangizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Albatta, yurtimizda öz farzandini maktabga kuzatayotgan ota-onaning xotirjamligi, mahallalarimizdagi osoyişta hayotni mustahkamlaşda sizlarning kundalik fidokorona mehnatingiz va hissangiz borligini barçamiz yaxşi bilamiz”, deyiladi tabrik xatida.

Özbekiston Prezidentining qayd etişiça, oddiy insonlarning IIO xodimlariga işonç bilan murojaat qilişi va bundan köngli taskin topişi – ularning xizmatiga berilgan eng yuksak baho.

Ötgan öttiz beş yil davomida tizimda katta tajriba töplangan, jasorat va sadoqat an’analari şakllangan. Bugungi avlod xodimlari bu an’analarni zamonaviy bilim va yondaşuvlar asosida boyitib kelmoqda.

Qayd etilişiça, joriy yilda mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani – içki işlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati samarasi. Endi bu tajribani kengaytirib, har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş böyiça işlarni izçil davom ettiriş zarur.

“Jamoat xavfsizligini ta’minlaşda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş kengaymoqda. Kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlaş, ularning oldini oliş va fuqarolarning mol-mulkini himoya qiliş çoralari kuçaytirilmoqda.

Giyohvandlik va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş, ayniqsa, yoşlarimizni bu illatlar ta’siridan asraş muhim vazifamiz bölib qolmoqda. Buning uçun zamonaviy bilim va puxta tayyorgarlik zarur. Şu bois, kadrlar tayyorlaşda nazariyani amaliyot bilan boğlaş, dual ta’limni rivojlantiriş, mahalliy va xorijiy mutaxassislar tajribasidan foydalanişga katta ahamiyat bermoqdamiz.

Milliy yuksaliş yölidagi maqsadlarimiz içki işlar organlari oldiga ham yangi vazifalar qöymoqda. Sizlardan jinoyatlarning oldini olişda taşabbuskorlik, xizmatda qat’iy intizom va halollik kutib qolaman”, deydi Prezident.

Özbekiston yetakçisining bildirişiça, “Özingni angla va özgani qadrla” degan tamoyilga amal qilgan holda faoliyat olib boriş içki işlar sohasi uçun ham muhim ahamiyatga ega. Bu – xodimning kasbiy şa’nini asraşi, qonunga qat’iy rioya etişi va har bir insonga hurmat bilan munosabatda bölişini anglatadi.

“Sizga murojaat qilgan fuqaroni diqqat bilan tinglaş, uning muammosini qonuniy hal etişga kömaklaşiş xalqning tizimga bölgan işonçini mustahkamlaydi. Çunki, odamlar bir xodimning muomalasi va xatti-harakatidan butun tizim haqida xulosa çiqaradi.

Bugungi kunda biz ilgari surayotgan “ÖZ” ğoyasi zamiridagi yurt taqdiriga daxldorlik tuyğusi sizlarning xizmatingizda ham yaqqol namoyon bölişi kerak. Har bir xonadonning osoyiştaligini öz oilangiz tinçligidek asraş – “Özimning Özbekistonim” degan iftixor hissining amaliy ifodasiga aylanişi lozim.

Bugun tizim ravnaqiga munosib hissa qöşgan faxriylarimizga alohida ehtirom bildiraman. Sizlarning hayotiy tajribangiz, ögit va maslahatlaringiz yoş xodimlar uçun katta maktabdir”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, Prezident xizmatning taşviş va mas’uliyatini ular bilan birga baham körayotgan ota-onalar, turmuş örtoqlar va farzandlarga ham çin dildan minnatdorlik bildirgan. Ularning mehri, sabru qanoati va qöllab-quvvatlaşi xodimlarga albatta kuç-ğayrat bağişlaydi.

“El-yurt tinçligini himoya qiliş yölida halok bölgan mard va fidoyi xodimlarimizning xotirasini çuqur hurmat bilan yod etamiz. Ularning jasoratini unutmaslik, oilalari va farzandlariga ğamxörlik körsatiş – bundan buyon ham barçamizning insoniy burçimiz bölib qoladi.

Sizlarni qutluğ bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barçangizga mustahkam soğliq, xonadonlaringizga tinçlik va fayzu baraka, mas’uliyatli xizmatingizda muvaffaqiyatlar tilayman.

El-yurt osoyiştaligi yölidagi xizmatingizning qadri doimo baland bölsin!” deydi Prezident.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing