Prezident Administratsiyasiga hisob beruvchi komissiya tuzildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlari joriy etilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini tashkil etish va nazorat qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirishga qaratilgan samarali “ijro etilishi yuzasidan nazorat” (compliance control) tizimi joriy etilishini ta’minlash;

qurilish sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar hamda shaharsozlik normalari va qoidalari loyihalarida korrupsiyaga oid holatlarni keltirib chiqaruvchi normalarni aniqlash bo‘yicha korrupsiyaga qarshi ekspertiza o‘tkazilishini tashkil etish;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal)ni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha tadbirlar rejalari tasdiqlanishini ta’minlash, mazkur tizimlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirilishini nazorat qilish;

qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etish orqali korrupsiya, byurokratik to‘siqlar va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

qurilish sohasining shaffofligini ta’minlash maqsadida qurilish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning belgilangan muddatlarda ijro etilishini monitoring qilish;

qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etishda mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash;

joriy etilayotgan axborot tizimlarining joylarda samarali ishlashini va qo‘llanilishining yagona amaliyotini ta’minlash;

qurilish sohasiga axborot texnologiyalarining joriy etilishi, shu jumladan, ularning korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga ta’siri bo‘yicha ma’lumotlarning keng ommaga yetkazilishini tashkil etish.

Komissiya faoliyat natijalari, shu jumladan, axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakunlariga ko‘ra axborot kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror qurilish komissiya

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing