Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga qator o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Prezident Administratsiyasida qator o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Farmon bilan Administratsiya tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida:

•    Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari lavozimlari;

•    Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari;

•    Prezident Administratsiyasining Administratsiya rahbarining hududlardagi yordamchilari kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho‘’basi tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 16 iyuldan buyon O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Umurzoqov Prezident farmoni bilan lavozimidan ozod etildi va Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi. U Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made