Prezident 60 yoshni qarshilagan Ramatovni mukofotladi
Jamiyat
−
20 avgust 2022
12161Bugun, 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ochilbay Jumaniyazovich Ramatovni “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat idoralaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarni, yirik bunyodkorlik loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, tashabbuskorlik va tashkilotchilik fazilatlari bilan Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yosh avlodni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda tavalludining 60 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilbay Jumaniyazovich Ramatov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlansin”, deyiladi Prezidentning tegishli farmonida.
Ma’lumot uchun, 2002 yildan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga raislik qilgan Ochilboy Ramatov 2016 yilning dekabrida Bosh vazir o‘rinbosariga (Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari kotibiyati; Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limi) aylangandi.
U 2019 yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisligidan ketgan, o‘sha vaqtda yangi tashkil etilgan Transport vazirligiga rahbar bo‘lgan, ammo 2020 yil yanvarida vazirlik lavozimini Elyor G‘aniyevga topshirgan.
Ayni vaqtda u O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi.
LiveBarchasi