Prezident: “2021 yilda 900 nafar chin yetimga uy beriladi”
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
33972021 yilda 900 nafar chin yetim bola davlat tomonidan uy blan ta’minlanadi. Buning uchun ilk bor Davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llayotgan murojaatida aytib o‘tdi.
“Chin yetimlarga hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berish uy-joy bilan ta’minlash nafaqat vaziafamiz, balki nsoniy burchimizdir. 2021 yilda ilk bor byudjetdan 900 nafar chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlashga 50 mlrd so‘m ajratiladi”, dedi davlat rahbari.
Uning ta’kidlashicha, bunday ezgu ishlarni davom ettirish uchun “Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi” tashkil etilib, unga byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi. Bu mablag‘lar yil davomida ko‘paytirib boriladi.
“Bu tashabbus umumxalq harakatiga aylanishi, sahovatpesha hamyurtlarimiz ushbu xayrli ishga munosib hissa qo‘shishiga ishonchim komil”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va ayollarga yod, temir, foliy kislotasi, vitaminlar kelgusi yildan bepul tarqatiladi.
LiveBarchasi