BMT koronavirusga qarshi rezolyutsiyani ma’qulladi

Olam

image

BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi keng qamrovli kurash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. U epidemiyaning hayotning barcha sohalariga ta’sirni nazarda tutadi. Hujjatda COVID-19 tashkilot tarixidagi eng katta global muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan.  

Ma’lum qilinishicha, ushbu rezolyutsiya qabul qilinishini ma’qullab 169 davlat ovoz bergan. AQSH va Isroil uning qabul qilinishiga qarshi bo‘ldi. Ukraina va Vengriya ovoz berishda betaraf qoldi. 

Hujjatga ko‘ra, BMT Bosh assambleyasi pandemiyaning halokatli ta’siridan chuqur xavotir bildirmoqda. Shunday qilib, jamiyat hayotida, iqtisodiyotda, bandlik tizimida, jahon savdosida, sayohat tizimida, shuningdek sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo sohalarida jiddiy zarbalar kuzatilmoqda. 

Matnda ta’kidlanishicha, tashkilot hukumatlar va fuqarolik jamiyatlarini pandemiyaga qarshi choralar ko‘rishga chaqirmoqda. Bunga sog‘liqni saqlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini kuchaytirish kiradi. Bundan tashqari, Bosh assambleya barcha davlatlardan pandemiyaga qarshi kurashish uchun yuqori sifatli, xavfsiz, samarali va arzon narxlardagi diagnostika, terapevtik vositalar, dori-darmon va vaksinalardan to‘siqsiz o‘z vaqtida foydalanishlarini ta’minlashni so‘raydi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar 28 million 700 983 nafarga yetdi. Ularning 20 million 620 593 nafari sog‘aygan. Ushbu xavfli virusdan 920 608 kishi vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

BMT Koronavirus

Baholaganlar

96

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing