Prezident huzurida yangi Kengash tashkil etiladi

Jamiyat

image
O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida MDH doirasida juda past o‘rinni egalladi north_east

O‘zbekiston “Qonun ustuvorligi” indeksida MDH doirasida juda past o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha respublika Kengashi tashkil etiladi . Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash va davlat organlarida xalqaro reytinglar bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida"gi farmon loyihasida qayd etilgan.

Unga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha respublika Kengashi tashkil etiladi va uning tarkibi tasdiqlanadi.

Mutasaddi davlat organlarining birinchi rahbarlari har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida o‘tkaziladigan Kengash yig‘ilishlarida tegishli xalqaro reyting va indekslarda “KPI”larga erishish uchun amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot beradi.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish, xususiy sektorda raqobatni kuchaytirish va “Global raqobatbardoshlik” indeksida respublikaning o‘rnini aks ettirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Adliya vazirliklari mos ravishda Kengashning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha ishchi organlari etib tasdiqlanadi.

Adliya vazirligi tuzilmasida boshqaruv xodimlarining soni qo‘shimcha 8 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi bir oy muddatda tashkil etiladi va yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishi ta’minlanadi.

Mutasaddi davlat organlari va tadqiqot institutlari tegishli xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Kengash ishchi organlariga hisobdor etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 avgustga qadar Internet tarmog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ishga tushiriladi.

Kengash ishchi organlari portal faoliyatining uzluksiz ishlashini ta’minlash va uni yangilab borish uchun mas’ul etib belgilanadi.

Mutasaddi davlat organlari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar Kengash ishchi organlariga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etilishini ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmon loyihasi

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing