Prezident Hukumatga 3 oyda ikkita qonun ishlab chiqish vazifasini topshirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda ikkita qonun loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Bular:

“O‘zbek tili bayrami kuni”ni belgilash bo‘yicha qonun loyihasi;

“Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtai nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasi.

Vazirlar Mahkamasi mazkur qonun loyihalarini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritadi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing