Prezident hokimlarga topshiriq va 2 kun muhlat berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 7 noyabr kuni joriy yilda davlat byudjetiga tushumlar prognozi ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik va kichik biznesni joylarda yanada rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlash va ishga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samaradorligi hamda bu boradagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Prezident hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes sub’ektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini ta’kidlab, juda ko‘p rahbarlar bunga befarqlik va mas’uliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qildi. 

Buni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga kelib tushgan 26 mingta murojaatning deyarli yarmi bevosita tuman darajasida hal qilish mumkin bo‘lsa-da, muammolar joyida yechilmagani uchun fuqarolar yuqori idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgani ham yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bunday holatlar Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ancha yuqori.

Shuning uchun, barcha viloyat va tumanlar hokimlari ikki kun muddatda Tadbirkorlarga murojaat qabul qilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Murojaatda tadbirkorlar oldida bundan keyin hech qanday to‘siqlar bo‘lmasligi, hududdagi barcha rahbarlar ularga yaqindan ko‘makchi bo‘lishi, har kuni doimiy ravishda tadbirkorlar masalalari bilan shug‘ullanishi to‘g‘risida hokimlar shaxsan kafolat beradi.

Murojaatning bosh mazmuni hamma narsa tadbirkor uchun ekanligini xalqimizga yetkazishdan iborat. Shuning uchun Murojaatni ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va aholi gavjum joylardagi bannerlarda e’lon qilib, unda hokimlar, sektorlar va mutasaddi idoralar rahbarlarining telefon raqamlari ham ko‘rsatilishi shartligi belgilandi.

Shahnoza To‘ramurotova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing