Prezident Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi
Jamiyat
−
17 Oktabr 2019
4955Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Davlat rahbari amaliy safarini, an’anaga ko‘ra, Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.
O‘zbekiston xalqiga tinchlik-farovonlik tilab duo qilindi.
Ulamolar bilan suhbatda mamlakat tarixi, allomalarning boy ma’naviy merosini yosh avlodga yetkazish, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi. Jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, bilib-bilmay adashganlarni avf etib, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
LiveBarchasi