JCH-2021. Ayollar o‘rtasida eng yengil vazn g‘oliblari aniqlandi (foto)
Sport
−
08 dekabr 2021
2828Bugun, 8 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 2-kunida ayollar o‘rtasida 45 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazildi va unda tailandlik Txanyaton Sukcharyonga teng keladigan raqib topilmadi.
Ushbu vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etmadi. G‘oliblik uchun kurash esa turkiyalik Shaziye Erdog‘an, kolumbiyalik Berrio Manuela Zuluaga va tailandlik Txanyaton Sukcharyon o‘rtasida kechdi.
Dast ko‘tarish mashqida Tailand vakilasi birinchi o‘rinni egalladi, ikkinchi pog‘onani turkiyalik Erdog‘an egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Kolumbiya terma jamoasi a’zosi Manuela yakun yasadi.
Rossiyalik Regina Shaydullinaning ushbu mashqdagi hes bir urinishi omadli chiqmadi.
Siltab ko‘tarish mashqida ham vaziyat keskin o‘zgargani yo‘q. Medallar uchun kurashda yana o‘sha sportchilar faol bo‘ldi.
Murosasiz kechgan kurashda Shaziye Erdog‘an ikki bor 95 kg toshni bo‘ysundira olmay, omadsizlikka uchragan bo‘lsa, kolumbiyalik atlet 95 kg og‘irlik o‘ziga bo‘ysundirib, kichik oltin medalga ega chiqdi. Biroq umumiy natijaga ko‘ra Txanyaton Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Ayollar. 45 kg:
Sukcharyon Txanyaton (Tailand) – 172 (77+95) kg;
Berrio Manuela Zuluaga (Kolumbiya) – 170 (75+95) kg;
Shaziye Erdog‘an (Turkiya) – 169 (76+93) kg.
Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasida 55 kg vazn toifasida qozog‘istonlik Arli Chontey 260 kg natija bilan oltin medalga ega chiqdi.
LiveBarchasi
29 Oktabr