Poytaxtdagi yana bir ko‘cha 20 kunga berkitiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ayrim ko‘chalar 4 iyuldan 24 iyulga qadar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Chilonzor tumanida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan, 4 iyuldan 24 iyulga qadar Chilonzor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasiga tutashgan joyidan Novza ko‘chasigacha tutashgan hududi transport vositalari harakati uchun berkitiladi”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Abdulla Qodiriy  va Labzak ko‘chasi kesishmasidagi ko‘prikda joriy ta’mirlash ishlarni tugatish sanasi uzaytirilishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Chilonzor

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing