Poytaxtdagi bozorlardan undiriladigan yangi yig‘im miqdorlari tasdiqlandi
Jamiyat
−
26 fevral 2021 6677 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimi tomonidan “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 203-son qaror imzolandi.
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga va “Munitsipal aktivlar boshqarmasi markazi” DUK murojaatiga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi:
• Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari;
• Sergeli avtomobil bozori (“Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori” MCHJ), “O‘rikzor” savdo kompleksi (“O‘rikzor savdo kompleksi” MCHJ) ma’muriyati tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va ijara to‘lovi miqdorlari;
• Bozorlar va savdo markazlari ma’muriyatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati va inventar ijarasi uchun to‘lov miqdorlari;
• Bozorlar va savdo markazlari balansidagi binolar va inshootlardan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi miqdorlari;
• Bozorlar va savdo komplekslari hududida jamoat ob’ektlariga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘riqlash bo‘yicha majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari.
Live
Barchasi