Poytaxtda yana 8 ta avtobus “plan”dan ozod qilindi
Jamiyat
−
10 avgust 2023
76928 avgustdan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan 8 ta avtobus “kunlik plan to‘lash” tizimidan ozod qilindi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 71, 74, 97, 114, 121, 124, 126, 148-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlagan.
Bunday shartnomaga ko‘ra, avtobuslarning xarajatlari shahar byudjeti hisobidan to‘lab beriladi. Ammo bunda tashuvchilardan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash, shuningdek, yo‘nalishga shartnomada ko‘rsatilgan miqdorda avtobuslar chiqishi va belgilangan reyslarni amalga oshirish talab qilinadi.
Yo‘lovchi tashuvchi sifat ko‘rsatkichi harakat jadvali va intervallariga rioya qilishi (avtobus yo‘lga qaysi vaqtda chiqishi, qachon ma’lum bir bekatga kelishi), shuningdek, sanitariya sharoitlari (salon va avtobusning tozaligi, haydovchilarning tashqi ko‘rinishi)ga qarab belgilanadi.
Matbuot xizmatining 3 avgustdagi xabariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent shahridagi 79 ta avtobuslar (ushbu 8 ta avtobusdan tashqari) brutto-shartnoma asosida faoliyat olib bormoqda. Kelgusida yana 88 ta yo‘nalishlar yangi tizim asosida bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning 16 fevral kuni imzolagan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida shahar avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr