Poytaxtda yana 126 kishida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
26 iyul 2020
8723Bugun, 26 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 165 nafarga ortib, 20 391 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 126 nafari Toshkent shahrida;
• 25 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 14 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bugun ayni paytga qadar Toshkent viloyatida 67 nafari, Surxondaryo viloyatida 44 nafar, Andijon viloyatida 38 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 11 nafar, jami 173 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 11 004 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda 9 273 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi