Poytaxtda o‘tgan tug‘ilgan kun “banket”ida 13 kishi koronavirus yuqtirdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 17 iyun kuni koronavirus infeksiyasi 189 nafar bemorda aniqlangani, ulardan 13 nafari aholi orasida ekani, 18 iyun kuni esa 85 nafar bemordan 28 nafari aholi orasida tasdiqlangani haqida xabar bergan edik. Ikki kunlik ma’lumotga ko‘ra, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi pasaygan bo‘lsa-da, aholi orasida koronavirusga chalinish holati keskin  oshganini ko‘rish mumkin.

18 iyun kuni aholi orasida koronavirus aniqlanish holatlarini hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Toshkent viloyatida 14 nafar, Toshkent shahrida 13 nafar, Qashqadaryo viloyatida esa 1 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda

Jumladan, Toshkent viloyatida Toshkent tumanida yashovchi fuqaroda, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro va uning uch nafar oila a’zosida, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 9 nafar fuqaroda, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bo‘limiga olib kelingan bemorda kasallik qayd etilgan.

Bugun soat 10:00 qadar kasallik aniqlangan 88 nafar bemordan 10 nafari Toshkent shahrida aholi orasida qayd etilgan.

Jumladan, Yunusobod tumanida yashovchi taksi haydovchisida (o‘zi kelib namuna topshirgan), tana harorati ko‘tarilgach, shifokorga murojaat qilgan Olmazor tumanida yashovchi uy bekasida, Uchtepa tumanida yashab, Sergeli tumanida oziq-ovqat do‘konida ishlovchi sotuvchida, xuddi shu tumandagi tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan uy bekasining( shu yilning 13 iyunidan tana harorati ko‘tarila boshlagan) o‘g‘li va qizida hamda yana Uchtepa tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorda (o‘zi borib tahlil topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroda (12 iyundan tana harorati ko‘tarila boshlagan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Mazkur kasallik aniqlangan fuqarolarning aksariyati tana harorati ko‘tarilgach, shifoxonaga murojaat qilishgan va namuna topshirishgan. 

Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Bundan tashqari, koronavirus aniqlangan poytaxtlik fuqaro tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida ishtirok etgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshlariga virusni yuqtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing