Poytaxtda nogiron ayol ikki hamkasbi tomonidan kaltaklandi
3-sahifa
−
29 may 2023
6353Poytaxt Toshkentda tug‘ma nogiron sotuvchi ikki ayol hamkasbi tomonidan kaltaklandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida metro yonida savdo qiladigan tug‘ma soqov bo‘lgan sotuvchi ayol boshqa ikki sotuvchi tomonidan haqoratlanib, kaltaklangan. Janjal savdo qilish uchun ajratilgan yer sababli yuzaga kelgan. Shundan so‘ng tez yordam mashinasi orqali jabrlanuvchi shifoxonaga olib kelingan.
“Onamni urayotganida ularni ajratishga kuchim yetmadi. Shundan keyin tez yordamga qo‘ng‘iroq qildim”, deydi ayolning farzandi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanuvchi bosh aylanishi hamda ko‘ngil aynishi, boshda kuchli og‘riq, qon bosimining ko‘tarilishi kabi alomatlar bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Shuningdek, bemor ayni damda harakatlana olmayotgani aytilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi