Poytaxtda koronavirus tufayli “yuqori tayyorlik” tartibi joriy etildi
Olam
−
06 mart 2020
15522Kecha, 5 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida, “yuqori tayyorlik” tartibi joriy etildi. Bu haqida shahar meri Sergey Sobyanin imzolagan farmonda aytilgan.
“Yuqori tayyorlik” tartibi quyidagilarni nazarda tutadi:
• koronavirus qayd etilgan hududlarga tashrif buyurgan fuqarolar vataniga qaytganidan so‘ng mahalliy organlarga borgan joyi va safari sanalari haqida maxsus telefon raqami oraqali xabar qilish;
• nafas olish yo‘llarida biror kasallik alomotlarini payqaganda, tibbiy muassasalarga bormasdan, uyidan turib tez yordamga murojat qilish;
• shifokorlar tavsiya qilgan izolyatsiya tartibini buzmaslik, cheklangan hududni tark etmaslik;
• XXR, Italiya, Eron, Fransiya, Germaniya, Ispaniya va koronavirus tarqalgan boshqa davlatlarga tashrif buyurgan fuqarolar – 14 kun davomida uyda bo‘lishlari, maktab, oliygoh, ishxona va boshqa jamoat joylariga bormaslik;
• korxona va tashkilotlar xodimlar tana haroratini o‘lchashi va kasallikning birinchi alomatlari sezilganda xodimlarni uyida izolyatsiya qilishiga sharoit yaratib berish;
• tibbiy bo‘linmalari kasallik varaqalarini (bolnichniy) poliklinikaga bormasdan rasmiylashtirish imkonini yaratish;
• koronavirus bo‘yicha maxsus tashkil qilingan shtab 24 soat ishlashga o‘tishini ta’minlash
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 98123, qurbon bo‘lganlar 3388 kishini tashkil qilmoqda. Sog‘ayib ketganlar 54 970 kishi.
LiveBarchasi