Koronavirusning O‘zbekiston turizmiga ta’siri bo‘yicha tezkor tadbirlar rejasi qabul qilinadi

Jamiyat

image
Koronavirus O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin? north_east

Koronavirus O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Koronavirusni yuqtirib olmaslikka oid muhim ko‘rsatmalar north_east

Odamlar yig‘iladigan joylarga borishni kamaytiring. Koronavirusni yuqtirib olmaslikka oid muhim ko‘rsatmalar

O‘zbekistondagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan koronavirusning turizm sohasiga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqildi. Unda turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, tashqi ta’sir omilini pasaytirish maqsadida ichki turizmni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imtiyoz va preferensiyalar berish, koronavirus qayd etilmagan davlatlardan sayyohlarni jalb qilishga oid qo‘shimcha choralar ko‘rish, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish ko‘zda tutiladi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda so‘z borgan. 

Yig‘ilishda mamlakatga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi a’zolari ishtirok etgan. Unda koronavirusning O‘zbekiston turizm sohasi rivojiga ta’sirini o‘rganish va bu infeksiyadan ehtiyot choralarini ko‘rish masalasi ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi, Jahon sog‘liqni saqlash tashqiloti ekspertlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari xokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va ushbu hududlardagi soha tadbirkorlari, xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi, Otelerlar assotsiatsiyasi, Oshpazlar, Restoratorlar uyushmalari rahbarlari va a’zolari qatnashdi.

Majlisda koronavirus infeksiyasining O‘zbekistonga kirib kelishi oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Jumladan, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda yurtimizda yuqumli kasalliklar, jumladan, koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralaridagi mavjud barcha sanitariya-karantin punktlarida qat’iy nazorat o‘rnatilib, ushbu punktlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan to‘liq ta’minlangani qayd etildi.

Bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida sayyohlarning yurtimizga kelishi jarayonida sanitariya talablariga to‘liq rioya qilish va turli kasalliklardan ehtiyot choralarini ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.

Ma’lumotlar ko‘ra, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha mamlakatda 1500 ga yaqin sayyohlik firmasi hamda 1188 ta turli darajadagi mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston xorijdan 6,7 million sayyoh tashrif buyurgan.

Yig‘ilish so‘nggida koronavirusning turizmga ta’sirini kamaytirish borasida tezkor chora tadbirlar rejasi qabul qilinishiga kelishib olingan. 


Maqola muallifi

Teglar

SSV koronavirus

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing