Koronavirus O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin?

Jamiyat

image
MB koronavirus sabab asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi north_east

MB koronavirus sabab asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Jahon iqtisodiyotida koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy muammolar O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy axborotida aytilgan. 

Qayd etilishicha, bunda ta’sir ko‘lami jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning  davomiyligi bilan baholanadi. 

Iste’mol savatchasida sezilarli ulushga ega bo‘lgan Xitoydan import qilinadigan ayrim tovarlar hajmining qisqarishi O‘zbekiston ichki bozorida narxlarga ma’lum bosimni yuzaga keltirishi mumkin. 

“Ichki narxlar darajasiga “koronavirus” ta’sirining bir martalik qisqa muddatli bo‘lishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoydan import qilinadigan tovarlar bo‘yicha qoplanmagan talab ichki ishlab chiqarishning kengayishi va boshqa davlatlardan yangi import yo‘nalishlarining yo‘lga qo‘yilishi orqali qoplanadi va natijada o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorlashadi”, deyiladi xabarda. 

Ichki bozorda go‘sht va go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabning sezilarli oshishiga nisbatan taklif hajmining nomuvofiq o‘sishi narxlarga ma’lum darajada bosim yaratadi.

Chorvachilik sohasini tubdan rivojlantirish va bu uchun zarur bo‘lgan ozuqa bazasini shakllantirish orqali ichki bozorni uzluksiz go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash, ma’lum bir vaqtni talab qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlardan (Belarus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘izston) go‘sht importining yetarli darajada emasligi, shuningdek, go‘sht importi narxining oshishi o‘rta muddatli istiqbolda go‘sht narxiga ta’sir ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing