Poytaxtda 3 kun ichida 200 dan ziyod kishidan 221 ta pichoq topildi

Jamiyat

image

“Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida Toshkent shahar IIBB xodimlari Milliy gvardiya xizmatchilari bilan hamkorlikda, o‘zlari bilan bita, kastet, pichoq va boshqa kesuvchi va sanchadigan buyumlarni olib yuradigan shaxslarni aniqlash bo‘yicha profilaktik ishlar olib borildi. 

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, barcha pichoqlar juda yaxshi charxlangan bo‘lib, ularning aksariyati maishiy ehtiyojlarga mo‘ljallanmagan. Bundan tashqari, shu uch kun ichida 20 ta metall tayoq, chiviqlar (qulaylik uchun ularning tutqichi izolenta bilan o‘ralgan), professional va qo‘lbola bitalar, kastetlar va boshqa insonga zarar yetkazish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan buyumlar topildi.  

Ta’kidlanishicha, yil boshidan 5 oy ichida jami 4 548 ta pichoqlar va boshqa sanchadigan va kesuvchi buyumlar, 20 tadan oshiq bitalar va 50 dan ziyod kastet va boshqa buyumlar topilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lida bir guruh yigitlar pichoqbozlik uyushtirgan edi. Keyinchalik, ushbu janjalda qatnashgan yigitlarning biri shifoxonada vafot etgani xabar qilindi. Ma’lum qilinishicha, ushbu pichoqbozlikka sherikchilikda yuritilgan biznesdan kelgan daromad ustidagi kelishmovchilik sabab bo‘lgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 7 iyun kuni Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 17 yoshli sartarosh yigit 26 yoshli tanishining ko‘kragiga qaychi bilan zarba berib, uni o‘ldirgani xabari berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunining 9-modddasiga binoan:

O‘zbekiston Respublikasi hududida kasbiy yoki sport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni (beysbol bitalarini (chillaklarini), softbol o‘yini uchun bitalarni (chillaklarni), pichoqlarni, shu jumladan terini ajratib oladigan (shilib oladigan) pichoqlarni hamda sopol, plastmassa va boshqa nometall materiallardan yasalgan pichoqlarni jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pichoq

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing