Poytaxt va ikki viloyatda aholi orasida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

2020 yil 30 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25 nafarga ko‘payib, 3513 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahri, 4 nafari Samarqand viloyati, 2 nafari esa Namangan viloyatidan, jami 8 nafar aholi orasida qayd etildi. 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lsa, 27 may kuni 2 nafar Rossiyadan, 28 may kuni 1 nafar Qozog‘iston va yana 1 nafari Sirdaryo viloyatigi “Guliston” chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida tasdiqlandi. 

Ayni paytda mamlakatda 2728 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. 

Hozirda mamlakatda 771 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 7 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Avvalroq, Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumanida ilk bor koronavirus aniqlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

353

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing