Poytaxt aholisi 3 milliondan oshdi 

Bu qiziq

image

2023 yil 1 oktyabr holatiga Toshkent shahrida yashovchi doimiy aholi soni 3 mln 20,5 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Shundan:

  • erkaklar soni – 1481,9 ming;
  • ayollar esa 1538,6 mingni tashkil etgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxt aholi soni ilk bor – 1960 yilda 1 million, 1985 yilda 2 million, hozirgi kunga kelib 3 milliondan oshdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston doimiy aholisi soni bo‘yicha dunyoda 43-o‘rinda turishi haqida xabar bergan edik.

 


Maqola muallifi

Teglar

aholi Toshkent shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing