Postsovet hududidan O‘zbekiston va Qirg‘izistonda Rossiya tarafdorlari ko‘pligi aytildi 

Olam

image

Ukrainaga qurolli bostirib kirish barcha postsovet mamlakatlarida Rossiyaning pozitsiyasi va unga munosabatini keskin yomonlashtirdi. Bu haqda Re:Russia ekspert guruhi Gallup sotsiologiya instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib xabar berdi.

Keltirilishicha, Kreml o‘z manfaatlari va alohida ta’siri zonasi deb hisoblaydigan ko‘plab sobiq ittifoq respublikalarida Rossiya rahbariyatining harakatlarini ma’qullash o‘n foizdan ko‘proqqa kamaygan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Rossiyaning Ozarbayjondagi reytingi 2,6 barobarga pasaygan. Moskvaning Ukrainadagi harakatlarini respondentlarning atigi 23 foizi ma’qullagan.

Armaniston, Qozog‘iston, Moldova kabi tarixan Kremlga xayrixoh bo‘lgan boshqa mamlakatlarda birinchi marta Rossiyaning harakatlarini ma’qullamaganlar nisbati ma’qullaganlardan oshgan.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda hamon Rossiyaga xayrixohlar ko‘proq, lekin u yerda ham Rossiya rasmiylarining roziligi sezilarli darajada kamaygan.

Shuningdek, Ukrainaga qarshi urush tufayli Rossiya hukumati qo‘shni davlatlardagi rus diasporasiga ham xayrixohlikni yo‘qotmoqda.

Gallup so‘rovlarida ilk bor 15 yil davomida etnik ruslarning aksariyati Rossiyaning Estoniya va Latviyadagi xatti-harakatlarini ma’qullamaganliklarini bildirgan, Qozog‘istonda esa Rossiya Federatsiyasiga nisbatan salbiy munosabat keskin kuchaygan.

Shu bilan birga, Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida AQSH rahbariyatining obro‘si oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston postsovet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing