Portugaliyalik futbolchi faoliyatini Bavariyada davom ettiradi
Sport
−
22 iyun 2023 4422 1 daqiqa
Myunxenning “Bavariya” klubi bugun Dortmundning “Borussiya” klubi sobiq himoyachisi Rafael Gerreyro bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda futbol insayder Florian Plettenberg Twitter sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Gerreyro bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi. Futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
2022/2023 yilgi mavsumda Gerreyro “Borussiya Dortmund” safida barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Portugaliyalik himoyachi yetti yil davomida Dortmund klubi safida to‘p surib kelayotgandi. U jamoa bilan ikkita kubok va bir marta Germaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy narxi 20 million yevroni tashkil qiladi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28