“Bavariya” portugaliyalik futbolchini safiga qo‘shib oladi

Sport

image

“Borussiya”ni erkin agent sifatida tark etgan Rafael Gerreyro faoliyatini “Bavariya”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Bild” nashri xabar berdi. 

Dortmundning “Borussiya” klubida 2016 yildan buyon to‘p tepayotgan portugaliyalik futbolchining  7 yillik shartnomasi yakuniga yetishi bilan unga “Bavariya”, Madridning “Atletiko” va A Seriyaning boshqa bir qancha nomdor klublari qiziqish bildira boshladi.

29 yoshli futbolchining o‘zi myunxenliklar safiga qo‘shilishga tayyor, lekin “Bavariya”da rahbariyat o‘zgarganidan keyin mazkur transfer kechroq amalga oshishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Borussiya” va “Bavariya” jamoalarida navbati bilan o‘ynagan futbolchilar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular: Robert Levandovski, Mario Gyotse, Mats Xummels, Niklas Zyule, Mattias Zammer va Ottmar Xitsfeld. Endilikda ular orasiga Gerreyro ham qo‘shili mumkin.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Bavariya futbol Rafael' Gerreyro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made