Girassi afrikalik futbolchilar orasida rekord o‘rnatdi
Sport
−
16 aprel 2346 1 daqiqa
“Borussiya Dortmund” klubi va Gvineya terma jamoasi hujumchisi Seru Girassi Chempionlar ligasi bir mavsumida 13 ta gol urgan ilk afrikalik futbolchi bo‘ldi.
16 aprelga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida “Borussiya” o‘z uyida “Barselona”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yinda dortmundliklar safida barcha golni Seru Girassi raqib darvozasiga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Girassi ayni vaqtga kelib, Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi. Uning hisobida 13 ta gol bor. Bunga qadar hech qaysi afrikalik futbolchi bunday natijaga erishmagan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr