Bellingem uchun Germaniyaning ikki klubi kurashmoqda

Sport

image

Bundesliga vakillari “Borussiya Dortmund” va “Bayer” Job Bellingemni sotib olmoqchi. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Borussiya” va “Bayer” Jud Jelingemning ukasi Job Bellingem transferi uchun kurash olib boradi. Job ham akasi singari faoliyatini Germaniyada davom ettirib, keyin katta klublarga o‘tmoqchi. U ayni vaqtda Angliya chempionati ikkinchi ligasi vakili “Sandrlend” safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Job Bellingem “Sandrlend” tarkibiga  2023 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsum u klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi. 19 yoshli futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 18 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, kichik Bellingem qishda jamoasini almashtirish haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Borussiya Dortmund Bundesliga Bayer Job Bellingem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing