Top-5 ligalarda ilk ayol murabbiy g‘alaba qozondi

Sport

image

Mari-Luize Eta Yevropa top-5 ligalarda g‘alaba qozonga ilk ayol murabbiyga aylandi. Kecha, 10 may kuni uning boshqaruvidagi “Union” Bundesliganing 33-turida safarda “Mayns”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bungacha Berlin klubi Eta boshqaruvida ikki bor mag‘lubiyatga uchragan edi (18 aprel kuni “Volfsburg”ga 2:1, 25 aprel kuni esa “Leypsig”ga 3:1 hisobida yutqazgandi). Joriy yilning 2 may kuni esa jamoa bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan.

Mazkur g‘alaba bilan Mari-Luize Eta nafaqat Bundesliga, balki Yevropaning top-5 chempionatlarida erkaklar jamoasi bilan g‘alaba qozongan ilk ayol murabbiy sifatida tarixga kirdi.

U joriy yilning 12 aprel kuni “Union Berlin” bosh murabbiyi etib tayinlangan va Germaniya, Angliya, Ispaniya, Italiya hamda Fransiya yuqori divizionlarida erkaklar klubini boshqargan ilk ayol murabbiyga aylangandi. Bungacha ayol mutaxassislar faqat quyi divizionlarda erkaklar jamoalariga murabbiylik qilgan.

Eta 2025 yil iyulidan beri “Union” yoshlar jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda. Ma’lum qilinishicha, yozda u klubning ayollar jamoasini ham boshqaradi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil noyabr oyida Eta “Union” bilan Bundesligada ishlagan ilk ayol yordamchi murabbiy bo‘lgandi. 2024 yil yanvarida esa bosh murabbiy Nenad Belitsa diskvalifikatsiya sabab maydonda bo‘lmagan paytda “Darmshtadt ” ustidan qozonilgan g‘alabada zaxira o‘rindig‘idan jamoani boshqargan ilk ayol sifatida tarixga kirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bundesliga Mari-Luize Eta “Union”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing