“Bavariya” asr rekordini o‘rnatdi 

Sport

image

Kecha, 14 yanvar kuni “Bavariya” Germaniya Bundesliga 17-turida “Kyoln”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, gol urish bo‘yicha XXI asr rekordini o‘rnatdi. Bu haqda “News Bytes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya” Germaniya Bundesligasining dastlabki 17 turida 66 ta gol urib, joriy asrda bu natijaga erishgan birinchi klubga aylandi. Tarixda shunday natija faqat ikki marta qayd etilgan: 1889–1890 yilgi mavsumda “Blekbern Rovers” (73 gol) va 1929–1930 yilgi mavsumda “Atletiko Madrid” (72 gol).

Shuningdek, Vensan Kompani murabbiyligidagi Myunxen klubi mavsumning birinchi yarmida mumkin bo‘lgan 51 ochkodan 47 ochko jamg‘ardi va bu bilan 2013-2014 yilgi mavsumda Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘rnatilgan rekordi bilan tenglashdi. O‘shanda Gvardiola jamoasi birinchi yarim mavsumda 44 ta gol urgan bo‘lsa, Kompani jamoasi esa 66 ta gol urishga erishdi.

Ma’lumot uchun, hozirda “Bavariya” Bundesligada mag‘lubiyatsiz (15 g‘alaba va 2 durang) seriyani davom ettirmoqda va turnir jadvalida 47 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Bundesliga “Bavariya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing