Portugaliya bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozonish eng katta orzum edi — Ronaldu
Sport
−
11 dekabr 2022 7177 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Qatarda davom etayotgan Jahon chempionatining 1/4 finalida Marokashga mag‘lub bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
“Portugaliya bilan Jahon chempionatida g‘alaba qozonish eng katta orzum edi. Men ko‘plab xalqaro unvonlarni qo‘lga kiritdim, lekin mamlakatimizni dunyodagi eng yuqori darajaga ko‘tarish asosiy maqsadim edi. Buning uchun kurashdim. O‘tgan 16 yil davomida men ishtirok etgan beshta Jahon chempionatida millionlab portugaliyaliklarning qo‘llab-quvvatlashi natijasida buyuk futbolchilarga yaqin bo‘lganman va bor kuchimni berganman. Afsuski, kecha orzular amali tugadi. Portugaliyaga bo‘lgan sadoqatim bir lahzaga ham o‘zgarmadi. Ayni damda boshqa aytadigan gapim yo‘q. Portugaliyaga rahmat. Rahmat Qatar. Orzu sari yo‘l davom etganda yaxshi bo‘lar edi", deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya JCH-2022ning 1/4 finalida Marokashga kichik hisobda imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. Ronaldu afrikalariklarga qarshi bahsning 2-taymida maydonga tushirildi.
Live
Barchasi