“Portu” tarixda birinchi marta “Yuventus”ni YeCHLda mag‘lub etdi 

Sport

image

Kecha, 17 fevral kuni Portugaliyaning "Portu" klubi Chempionlar ligasi uchrashuvida birinchi marta Turinning "Yuventus" jamoasini mag‘lub etdi. 

Turnirning 1/8 final dastlabki o‘yini Portugaliyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Uchrashuvda "Yuventus" darvozasiga Mehdi Taremi va Mussa Marega tomonidan gol urildi. 

"Yuventus" esa faqatgina Federiko Kezaning goli bilan javob qaytara oldi. 

Bungacha jamoalar to‘rtta uchrashuv o‘tkazgan, shulardan uchtasida "Yuventus" g‘alaba qozongan, yana birida o‘yin durang bilan tugagan. 

Ma’lumot o‘rnida, javob uchrashuvi 9 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Portu

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing