“Portu” a’zolari samolyotda bayram qilishdi (Video)

Sport

image

"Portu" futbolchilari samolyot bortida jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqqanini nishonlashdi.

YeCHL 5-turida "Portu" mehmonda Belgiyaning "Bryugge" klubi ustidan qozonilgan g‘alabadan (4:0) so‘ng uyiga qaytayotgandi. Portugal klubining o‘yini guruhdagi raqiblari: "Atletiko Madrid" va "Bayer" uchrashuvidan oldinroq bo‘lib o‘tdi. Bu holat futbolchilarga raqiblar uchrashuvi translyatsiyasini kuzatish imkonini berdi.

"Atletiko" - "Bayer" o‘yinida uchrashuv bosh hakami 90+9' daqiqada nemis jamoasi darvozasiga penalti belgiladi. "Atletiko Madrid" hujumchisi Yannik Ferreyra Karrasko imkoniyatdan foydalana olmadi, mehmonlar darvozaboni Lukash Gradetskiy xavfni bartaraf etdi. Uchrashuv durang bilan yakunlandi. Bu natija esa "Portu"ning guruhdan chiqishiga sabab bo‘ldi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol "Portu"

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing