Poroshenko Ukrainaga keldi. U hibsga olinmadi
Olam
−
17 yanvar 2022
6937Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko bo‘lgan Wizz Air aviakompaniyasining Varshavadan uchayotgan samolyoti Kiyev aeroportiga qo‘ndi.
Poroshenko Kiyev ayeroportida nazoratdan o‘tganida xavfsizlik kuchlari uning pasportini olib qo‘yishdi, tergovchilar protsessual harakatlarni o‘tkazdi.
Ukrainaning sobiq prezidenti chegarachilar uni mamlakatga kiritmaslikka harakat qilganini aytdi.
Unga ko‘ra, Kiyev aeroportidagi chegarachilar uni mamlakatga kiritmaslikka harakat qilmoqdalar, tekshiruv o‘tkazish bahonasida pasportini olib ketishgan. Keyinroq Poroshenko Kiyev ayeroportida pasport nazoratidan o‘tib, bojxona zonasini tark etgan.
"Endi meni Ukraina fuqarosi sifatida mamlakatga kiritishga ruxsat yo‘q. O‘n daqiqadan ko‘proq vaqt davomida chegarachilar mamlakat hududida qandaydir tekshiruv bahonasida meni hech qanday tushuntirishsiz kiritmayapti. Menimcha, bu ommaviy harakatlarga undash uchun provokatsiyadir”, degan Poroshenko.
Poroshenkoni aeroportda uning tarafdorlari kutib oldi.
Qayd etilishicha, aeroport binosi oldiga mingga yaqin odam to‘plangan. Terminalga faqat bortga chiqish talonlari yo‘lovchilar, shuningdek, Poroshenkoni kutib olish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan matbuot vakillari kiritilgan. Aeroport hududida ko‘p sonli politsiya xodimlari va Milliy gvardiya vakillari bor.
Poroshenko tarafdorlari qo‘llarida Ukraina bayroqlari, shuningdek, sobiq prezidentning “Yevropa birdamlik” partiyasi ramzlarini ko‘tarib olgan.
Avvalroq, Poroshenko Kiyevga 17 yanvar kuni yetib borishini ma’lum qilgandi. Shu kuni Kiyevning Pecherskiy tuman sudi majlisi rejalashtirilgan bo‘lib, unda sobiq prezidentni hibsga olish haqidagi ariza ko‘rib chiqiladi. Sudning joriy yil 6 yanvardagi qarori bilan sobiq prezidentning mol-mulkiga taqiq qo‘yildi. Poroshenko ushbu sud majlisida qatnashish niyati borligini tasdiqladi, biroq hibsga olinmasligiga ishonch bildirdi, chunki buning uchun qonuniy asoslar yo‘q. U hibslansa, birinchi navbatda “Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiyga zarar keltiraman”, deb hisoblaydi.
Sobiq prezident 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi. Unga Ukraina Jinoyat kodeksining “Terrorizmni moliyalashtirish”, “Davlatga xiyonat” va “Terrorchi tashkilot tuzish” moddalari bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Poroshenkoni mol-mulkini musodara qilish yoki musodara qilmasdan 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi kutmoqda. 2021 yil dekabr oyida tergovchilar unga chaqiruv qog‘ozini bermoqchi bo‘lgan, biroq sobiq prezident ularga e’tibor bermay, o‘sha kuniyoq Turkiyaga uchib ketgan. Poroshenkoning partiyasi sobiq prezident “oldindan rejalashtirilgan diplomatik safari bilan Turkiya va Polshaga jo‘nab ketganini” xabar qilgan.
LiveBarchasi