Poroshenko xoinlikda ayblanmoqda
Olam
−
10 dekabr 2019
6914Ukrainada sobiq Prezident Pyotr Poroshenko nisbatan davlatga xoinlik aybi bilan jinoiy ish ochildi. Advokat Andrey Portnovning ta’kidlashicha, sobiq Prezident Minsk kelishuvlarini imzolash paytida davlatga xiyonat qilgan.
“Bugun Davlat tergov byurosi Minsk bitimlarini imzolash paytida Pyotr Poroshenkoga xoinlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘adi”, deb yozdi u o‘z Telegram kanalida.
Advokat fikricha, Minsk kelishuvlarini imzolash paytida Ukraina tomonining pozitsiyasi Poroshenkoga bog‘liq edi va biroq natijada bitim Ukraina hukumati uchun kelgusida har qanday imkoniyatlarni cheklaydigan tarzda tuzilgan. “Pyotr Poroshenko tomonidan 2015 yil 11-12 fevral kunlari erishilgan kelishuvlar navbatdagi Ukraina hukumati uchun tinchlik o‘rnatish va hududiy yaxlitlikni tiklashning boshqa usullarini topishni sezilarli darajada pasaytirdi”, deydi Portnov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dalillar “Pyotr Poroshenkoning xatti-harakatlarida Ukraina Jinoyat kodeksining 111-moddasi – “Oliy xiyonat” bo‘yicha jinoyat belgilari borligini tasdiqlash uchun yetarli”.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi