Poroshenko bir shisha shampan bilan ko‘rinish berdi – OAV

Olam

image

Davlatga xiyonat qilishda ayblanayotgan Ukrainaning sobiq Prezidenti Pyotr Poroshenko ayni vaqtda Polshada. Bu haqda Ukrainaning “Vesti” nashri bugun, 13 avgust kuni Varshava aeroportidan olingan videoga tayanib, xabar berdi.

E’lon qilingan kadrlarda Poroshenko qo‘lida shampan shishasi bilan terminaldan o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Nashrning yozishicha, uning rafiqasi sobiq davlat rahbari bilan birga. Ular uch nafar qo‘riqchi hamrohligida sayohat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 27 may kuni Poroshenko NATO Parlament Assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatni tark etishga uringandi, biroq chegarachilar uni o‘tkazib yubormagan. Ertasi kuni sobiq Prezident yangi urinish qildi, biroq unga ikkinchi marta ham ketishga ruxsat berilmadi.

30 may kuni tongda Poroshenko Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiyga omma oldida murojaat qilganidan so‘ng mamlakatdan tashqariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Poroshenko 2014-2015 yillarda Donbassdan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha jinoiy ishda ayblanuvchi hisoblanadi va uni 15 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda. Joriy yilning yanvar oyida Kiyevning Pechersk tuman sudi mamlakat sobiq rahbarini shaxsiy majburiyat bo‘yicha ozodlikka chiqarib, unga xorijga chiqish uchun pasportlarini topshirish va tergovchi ruxsatisiz Kiyev va viloyatni tark etmaslikni buyurgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Poroshenko

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing