Poraxo‘rlikda ayblangan deputat qamoqdan qutulib qoldi
Olam
−
15 mart 2019
9058Avvalroq, Rossiya Federsiyasi Davlat Dumasi deputati, “Adolatli Rossiya” partiyasi a’zosi Vadim Belousov 3,5 mlrd rubl (520 ming dollar) miqdorida pora olganlikda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 15 mart kuni Yekaterinburgning Lenin sudida deputat Vadim Belousovni ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Lenin sudi tergovning Vadim Belousovni qamoqqa olish bo‘yicha rasmiy talabini rad qildi.
“Sud tergovning rasmiy murojaatini qanoatlantirmaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi”, degan sudya Nadejda Xankevich.
Eslatib o‘tamiz, tergov Vadim Belousov korrupsion jinoyatni Chelyabinsk viloyatining xalqaro qidiruvga berilgan sobiq gubernatori Mixail Yurevich bilan birgalikda amalga oshirgan deb hisoblayapti.
LiveBarchasi