Pop, Mo‘ynoq va Bektemirda “prava”ni hal qilib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi
3-sahifa
−
07 fevral
3827O‘zbekistonning uchta hududida pora evaziga "prava" olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Pop tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Pop tuman bo‘limi bosh mutaxassisi B.N. fuqaro I.S.ga traktorchi-mashinist guvohnomasini ta’lim tashkilotlarida o‘qimasdan olib berishi evaziga 5,3 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.
Xuddi shunday, Mo‘ynoq tumanda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.K. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularga 2 000 dollar evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishini aytib, 24,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro O.F. fuqaro A.A.ning ishonchiga kirib, unga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1 700 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
LiveBarchasi