Polshadagi raketa hujumiga aloqamiz yo‘q – RF Mudofaa vazirligi

Olam

image

Rossiya Mudofaa vazirligi Polsha ommaviy axborot vositalari va rasmiylarining Rossiya raketalarining Pshevoduv aholi punkti hududida qulashi haqidagi bayonotlarini vaziyatni keskinlashtirish uchun ataylab qilingan provokatsiya deb atadi.  

“Ukraina-Polsha davlat chegarasi yaqinidagi nishonlarga Rossiyaning yo‘q qilish vositalari bilan hech qanday zarba berilmagan”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.  

Xabarda aytilishicha, Pshevoduv qishlog‘idagi voqea joyidan Polsha ommaviy axborot vositalari tomonidan qizg‘in izlanishda chop etilgan vayronalarning Rossiya qurollariga aloqasi yo‘q.  

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina-Polsha davlat chegarasi yaqinidagi nishonlarga Rossiyaning yo‘q qilish vositalari bilan hech qanday zarba berilmaganini ta’kidladi.  

Kremlda Polshadagi voqea haqida ma’lumot yo‘q 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 noyabr kuni tushdan keyin Rossiya armiyasi Ukrainaga yirik raketa hujumi uyushtirgan paytda Polsha hududiga ikkita raketa tushdi. Raketalar Ukraina bilan chegaradan besh kilometr uzoqlikda joylashgan Lyublin voyevodaligi (Polshadagi eng yirik ma’muriy birlik)ning Pshevoduv qishlog‘i hududiga tushgan. Hodisa oqibatida portlash yuz bergan, ikki kishi qurbon bo‘lgan.  

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga Polshadagi voqea haqida hech qanday ma’lumotga ega emasligini aytdi


Maqola muallifi

Teglar

Pol'shaga qulagan raketa

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing