Pompeoning O‘zbekistonga safari kechiktirildi
Olam
−
02 yanvar 2020
3905Avvalroq, AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik. U safari davomida bir qator boshqa davlatlarda ham bo‘lishi kerak edi.
Biroq Iroqdagi vaziyat sababli Pompeoning Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kiprga safari qoldirildi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti Matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilgan.
“Davlat kotibi Maykl Pompeo Vashingtonda qolishi va Bag‘doddagi vaziyatni kuzatib, amerikaliklar xavfsizligini ta’minlashi kerakligi uchun majburan Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Kiprga safarini qoldirdi. Davlat kotibi Pompeoning tashrifi eng yaqin vaqtda amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.
AQSH Davlat kotibi ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlarga joriy yilning 3-7 yanvar kunlari tashrif buyurishi kerak edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 31 dekabr kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda namoyishchilar AQSH elchixonasiga hujum qildi. Ular "Amerika yo‘q", "Amerikaga o‘lim", deb baqirib, AQSH bayrog‘ini yoqib yubordi.
LiveBarchasi