Pompeo Isroildan Sudanga parvoz qilgan birinchi yo‘lovchi bo‘ldi
Olam
−
25 avgust 2020
5060Bugun, 25 avgust kuni Isroildan Sudanga birinchi bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysni amalga oshirildi. Ushbu reysning ilk yo‘lovchisi AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo bo‘lgan.
Isroil va arab mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun Yaqin Sharq safari doirasida Isroilda bo‘lgan muloqotlarni tugatgandan so‘ng, Amerika diplomatiyasining rahbari Tel-Aviv yaqinidagi Ben Gurion aeroportidan Xartumga uchib ketdi.
"Biz Isroildan Sudanga birinchi rasmiy reysni amalga oshirayotganimizni e’lon qilishdan mamnunmiz", deb yozdi Pompeo Twitter’dagi sahifasida.
Xartumga tashrifi davomida Pompeo Afrika Bosh vaziri Abdulla Xamduk va Sudan Suvereniteti Kengashi raisi general Abdulfattoh al-Burhon bilan uchrashishi kutilmoqda.
Muzokaralar kun tartibiga Sudan va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish ham kiritilgan.
Bir qator ekspertlarning fikriga ko‘ra, BAAdan keyin Sudan, Bahrayn va Ummon Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish to‘g‘risida bitim imzolanishi mumkin.
AQSH Prezidenti Donald Tramp 13 avgust kuni Isroil va BAA ikki tomonlama munosabatlarni to‘liq normallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Kelishuvlarga ko‘ra, Isroil Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi yahudiy aholi punktlariga o‘z suverenitetini kengaytirishni to‘xtatib qo‘yadi, bu esa Amerikaning Falastin-Isroil mojarosini hal qilish rejasida nazarda tutilgan.
Avvalroq, Tel-Aviv Bahrayn va Ummonni munosabatlarni normallashtirishga chaqirdi. Bahrayn ham, Ummon ham BAAning Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha ilgari imzolagan bitimini yuqori baholadilar, ammo BAAdan o‘rnak olish rejalari haqida hech qanday bayonot berilmadi.
LiveBarchasi