Komilov Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi
Jamiyat
−
01 dekabr 2020
3505Kecha, 30 noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda AQSH Davlat deparatmenti xabar bergan.
Suhbat chog‘ida Davlat kotibi Pompeo AQSH O‘zbekistonning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligi, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan.
Pompeo va Komilov inson huquqlari, diniy erkinlik, odam savdosiga qarshi kurash va fuqarolik jamiyatlari hamda jurnalistlar uchun imkoniyatlarning kengaytirilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida fikr almashgan.
Tomonlar shuningdek, bozor siyosati va xususiylashtirish jarayoni ketayotgan O‘zbekistonda amerikalik eksportyorlar va investorlar uchun imkoniyatlarni ham muhokama qildi.
Muloqot chog‘ida Qo‘shma Shtatlar va O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy, gumanitar sohada hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga intilishi ta’kidlandi.
LiveBarchasi