Pompeo Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston safariga baho berdi

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo joriy yilning 1-3 fevral kunlari MDH davlatlari Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonga amalga oshirgan safaridan o‘zi mamnun bo‘ldi.

Pompeo fikricha, uning O‘zbekiston, Belarus va Qozog‘istonga tashrifidan so‘ng AQSHning ushbu davlatlar bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlashganiga ishonch bildirdi.

“Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekistonda tinchlik, davlatlarimiz aholisining xavfsizligi va ravnaqi muhimligi haqida ta’kidlab o‘tdim. Men ishonch bilan ayta olamanki, bu tashrifdan so‘ng hamkorligimiz yanada mustahkamlandi”, deb yozgan Pompeo.  

AQSH Davlat kotibi Markaziy Osiyo va AQSH tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

“S5 + 1” vazirlar uchrashuvida qatnashish uchun O‘zbekistonga borish va bu yerda sezilarli o‘sishga sabab bo‘layotgan islohotlar dasturini ko‘rish yoqimli. Men O‘zbekiston yanada mustahkam va faol aloqalar bo‘lishini taxmin qilyapman”, degan Pompeo Twitter`dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Pompeo O‘zbekistonga safari davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ham uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Maykl Pompeo

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing