Pomildorining nimasi dori?
Salomatlik
−
22 fevral 2019
24506Pomidorlar zaharli deb hisoblangani uchun uzoq vaqtgacha iste’mol qilinmaganini bilasizmi? Shu sababli dastlab undan faqat bezak sifatida foydalanilgan. Keyinchalik turli tekshiruvlar va kuzatishlar unda foydali elementlar ko‘pligini tasdiqlagan va shu paytdan boshlab iste’molga tavsiya etilgan.
Bu sabzavotning vatani Amerika bo‘lib, uning bir necha mingdan ortiq yovvoyi va madaniy turlari mavjud. XVI asrning o‘rtalarida u Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlariga, XVIII asrda esa Rossiyaga kirib keldi.
Pomidorning foydali xususiyatlari:
• Pomidorni ko‘proq iste’mol qilish suyaklarni mustahkamlaydi, ularning zichligini saqlaydi va mushaklarni turli zararlardan himoya qiladi;
• Tarkibidagi kaliy qon bosimini normallashtirib, yurak, qon-tomir kasalliklari xavfini kamaytirsa, foliy kislotasi yurak xurujlarini oldini olishga yordam beradi;
• Uni muntazam iste’mol qilish nevrologik kasalliklar – Altsgeymer va Parkinson'ning rivojlanishini sekinlashtiradi;
• Pomidor alkogol ta’sirida miya hujayralarining zararlanishini pasaytiradi;
• Sabzavot tarkibida kalsiy, selen va likopen borligi tufayli prostata saratoni xavfini 18 foizga kamaytiradi. Buning uchun erkaklar haftasiga kamida 10 ta pomidor iste’mol qilishlari lozim;
• Pomidor sharbati yurak urishidagi tartibsizlik va bezovtalanishni yo‘qotadi;
• Tarkibidagi karotinoidlar teri saratoni xavfini 50 foizga kamaytiradi;
• Agar vaqti-vaqti bilan soch ildizlariga surib turilsa, mustahkamlikni, yuzga surilsa ajinlar ko‘paymasligini ta’minlaydi;
• Pomidorlar foliy kislotasining tabiiy manbayi bo‘lib, ba’zi dori-darmonlarning o‘rnini bosadi. Shu sababli uni homiladorlik davrida ham iste’mol qilish mumkin. Bu homila neytral naychasidagi nuqsonlarni kamaytiradi.
Quyidagi holatlarda pomidor iste’mol qilish tavsiya etilmaydi:
• Buyraklar kasallangan yoki o‘t pufagida tosh yig‘ilgan bo‘lsa. Konservalangan va qaynatilgan pomidorlar tuzlar toshga aylanishiga sababchi bo‘lishi mumkin;
• Allergiya. Bu vaziyatda pomidorni iste’mol qilish turli allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi;
• Gastrit yoki yaralar. Sho‘r va tuzlangan pomidor bu kasalliklarni oldini olishga to‘sqinlik qiladi;
• Oshqozon kislotasi yuqori bo‘lsa. Bunda ovqat hazm jarayoni ham buziladi.
Pomidorlarni to‘g‘ri tanlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
• Agar dumchasi to‘q yashil rangda bo‘lsa, polizda pishmaganini bildiradi;
• Agar u yangi bo‘lsa, jushbo‘y hid kelib turadi;
• Agar u yorilgan yoki shikastlangan bo‘lsa, zararli mikroblar allaqachon o‘rnashib olgan bo‘ladi;
• Agar u alyuminiy idishda saqlangan bo‘lsa, xarid qilmaslik lozim. Chunki pomidor metall yuzasi bilan juda tez reatsiyaga kirishadi.
Pomidor juda foydali sabzavot. Agar sizda yuqoridagi kasalliklar bo‘lmasa, uni isataganingizcha iste’mol qilishingiz mumkin. Bu orqali siz o‘z ovqatlanish ratsioningizni yana bir ajoyib mahsulotga boyitgan bo‘lasiz.
LiveBarchasi