Pomidor narxi oshishda davom etmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekistonda pomidor narxi oshishda davom etmoqda. Bu haqda EastFruit ma’lum qildi. 

Unga ko‘ra, o‘tgan haftada qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha oshgan. Pushti pomidorning narxi esa 12 ming so‘mdan 18 ming so‘mgacha qimmatlagan.

Avvalroq, ya’ni oktyabrning o‘rtalarida EastFruit O‘zbekistonda pomidorning ulgurji narxlari o‘sayotgani va xalqaro platforma tahlilchilari bashorat qilganidek, ushbu mahsulotlar narxlari yanada oshishi mumkinligi haqida yozgan edi. 

Bir haftalik pauzadan so‘ng pomidorning ulgurji narxlari yana oshdi – o‘tgan haftada pushti pomidor 50 foizga, qizil yumaloq pomidor esa 43 foizga qimmatladi.

EastFruit narxlari monitoringiga ko‘ra, 2023 yil 20 oktyabrdan 27 oktyabrgacha O‘zbekistonda pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 12 ming so‘mdan 18 ming so‘m/kg ga (0,98 dollardan 1,47 dollarga) oshdi. Ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari o‘sish tendensiyasi oktyabr oyi boshidan buyon davom etayotgani inobatga olinsa, oy davomida pushti pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 18 ming so‘m/kg gacha (0,57 dollardan 1,47 dollargacha), ya’ni 2,6 barobar o‘sgan. 

So‘nggi uch oyda ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi birinchi marta o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 6 foizga oshgan. 

Oxirgi haftada qizil yumaloq pomidorning ulgurji narxlari ham keskin oshib, 2023 yil 20 oktyabrdan 27 oktyabrgacha ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxi 7000 so‘mdan 10000 so‘m/kg ga (0,57 dollardan 0,82 dollarga) qimmatlagan.

Mahsulot narxi ketma-ket uchinchi hafta oshib borayotgani hisobga olinsa, bu davrda O‘zbekistonda qizil yumaloq pomidorning o‘rtacha ulgurji narxi 4000 dan 10 000 so‘m/kg gacha (0,33 dan 0,82 AQSH dollariga) –2,5 barobar o‘sgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Pomidor narx

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing