Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev yangi lavozimga tayinlandi
Jamiyat
−
22 yanvar 2020
18533O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan davrlarida tilga tushgan edi. U 2019 yilning iyul oyiga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritdi. Iyul oyida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 yanvar kuni Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Rahmat Mamatov “Mahalla” xayriya jamoat fondiga rahbar etib tayinlandi.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti rahbari bo‘lib ishlagan davrlarda IIV OAVga yanada yaqin bo‘ldi. Tergov departamenti birinchi bor jurnalistlarga ochildi. Jinoyatchiliklar va u bilan bog‘liq tergov jarayonlarini OAVda yoritish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Umid qilamizki, Tergov departamentida Toshxo‘jayev rahbarligida o‘rnatilgan tartib saqlanib qoladi.
LiveBarchasi