Politsiyachilar AQSHdagi to‘polonda namoyishchilarga yordam bergani rostmi?

Olam

image
Dunyoni tebratgan va tebranayotgan AQSH: Vashingtonga atrofdan nazar north_east

Dunyoni tebratgan va tebranayotgan AQSH: Vashingtonga atrofdan nazar

Qo‘riqlash xizmati va politsiyachilarning tizimli muvaffaqiyatsizligi sharofati bilan namoyishchilar Kongress binosiga kirib kelgan, ular hatto tartibsizlikning bir necha qatnashchilariga yordam ham bergan. Bu haqda Ogayo shtatidan kongressmen Tim Rayan ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklar tushirilgan ba’zi videolavhalarda politsiya xodimlari namoyishchilar oldidagi to‘siqlarni olayotgani va ular bilan selfiga tushayotgani aks etgan. Tim Rayan ushbu xatti-harakatni nomaqbul deb atab, namoyishchilarning aksariyati oq tanli bo‘lmaganida, huquqni muhofaza qilish organ xodimlari o‘zini boshqacha tutgan bo‘lishini ta’kidlagan.

“Biz barcha videolarni to‘plab, ularni tahlil qilamiz. So‘ngra, xulosa chiqaramiz”, deydi kongressmen.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Tramp tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirib, 3 noyabr kuni mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylov natijalarini tasdiqlanishiga to‘sqinlik qilmoqchi bo‘ldi. Tez orada politsiya va maxsus kuchlar Kapitoliy tepaligidagi Kongress binosidan Trampni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishchilarni chiqardi va kongressmenlar Baydenni saylangan Prezident sifatida tasdiqlash jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklarda to‘rt fuqaro va bir politsiyachi halok bo‘lgan. Undan tashqari, 68 dan ortiq namoyishchilar hibsga olingan.

Ushbu voqealar fonida demokrat kongressmenlar Trampni impichment yoki konstitutsiyaga kiritilgan 25-o‘zgartirish bilan muddatidan oldin lavozimidan chetlatishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh namoyish Kongress Vashington

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing