Polshaning yangi Prezidenti ishga kirishdi

Olam

image
Polshadagi prezidentlik saylovida konservator Navrotskiy g‘alaba qozondi north_east

Polshadagi prezidentlik saylovida konservator Navrotskiy g‘alaba qozondi

Polshaning yangi o‘ng qanot konservativ Prezidenti Karol Navrotskiy rasman davlat rahbari sifatida qasamyod qildi. Bugun, 6 avgust kuni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan 42 yoshli nomzod parlamentning ikkala palatasi – Seym va Senatdan iborat Milliy assambleya oldidagi tantanali marosimda qasamyod qildi.

Navrotskiy inauguratsiya nutqida qat’iy va izchil harakat qiladigan “faol Prezident” bo‘lishini e’lon qildi. U noqonuniy migratsiya va Polshaning yevrohududga kirishiga qarshi kurashishga va’da berdi.

“Men suverenitet va xavfsizlikni istagan fuqarolarning ovozi bo‘laman”, deb va’da berdi yangi Prezident.

Shunday qilib, ikki muddat prezidentligini yakunlagan Anjey Duda o‘rnini tarixchi, millatchi, yevroskeptik va AQSH Prezidenti Donald Tramp tarafdori bo‘lgan Navrotskiy egalladi.

Navrotskiyning saylovdagi g‘alabasi Donald Tuskning liberal va yevropaparast hukumati uchun katta muvaffaqiyatsizlik bo‘ldi. U Polshaning siyosiy yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qilishi va bosh qo‘mondon sifatidagi vakolatlaridan, xalqaro maydondagi ovozi va veto huquqidan hukumat rejalariga to‘sqinlik qilish uchun foydalanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Karol' Navrotskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing