Polshadagi radioaktiv moddalar markazida yong‘in chiqdi

Olam

image

Polshadagi Yadro tadqiqotlari milliy markazi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Polsha Atom energiyasi agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kecha, 8 may kuni radioaktiv moddalar va izotoplar joylashgan markazda yong‘in chiqqan.

Agentlik bergan xabarga ko‘ra, dozimetrik o‘lchovlar bilan yong‘in o‘chirilgandan so‘ng, radioaktiv ifloslanish aniqlanmagan.

Atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqqani ham qayd etilmagan.

Hodisa tufayli jarohat olgan yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan. Bo‘lib o‘tgan yong‘in sabablari huqu-tartibot organlari tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha

Baholaganlar

78

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing